Sut yo’nalishi chorvachiligi mahsuldorligi ko’p jihatdan to’g’ri ovqatlanishga bog’liq, bu esa ozuqa ekinlarini etishtirish va saqlash amaliyotining ahamiyatini oshiradi. Lekin ozuqa ekinlari urug‘larining asosiy qismi chetdan keltiriladi, chidamli, mahalliy navlarni yetishtirish, shuningdek, qoplama ekinlardan foydalanish cheklangan. Bundan tashqari, silos yoki pichan kabi yem-xashakni saqlash tajribaari keng qo’llanilmaydi.
Shuni inobatga olgan holda, loyihaning maqsadi barqaror va tuproqni muhofaza qiluvchi yem-xashak yetishtirishni ta’minlashdan iborat. Bunga kichik va o‘rta fermer xo‘jaliklari, shuningdek, ilmiy-tadqiqot institutlariga agroekologik tamoyillar asosida yem-xashak va g‘alla yetishtirish bo‘yicha maslahatlar berish, o‘qitish va amaliy sinovlar o‘tkazish orqali erishiladi. Bundan tashqari, barqaror ozuqa va urug’chilik uchun siyosiy asos qaror qabul qiluvchilar bilan muloqot formatlari orqali takomillashtiriladi.
Loyiha maqsadlari:
Loyihaning oldiga qo’ygan maqsadlari quyidagilardir:
• Texnik va institutsional tajribani rag’batlantirish;
• Agroekologik tamoyillar asosida barqaror va iqlimga chidamli urug‘lik va ozuqa yetishtirishni rivojlantirish
• Mahalliy sut ishlab chiqarishni ko’paytirish
• Germaniya va Oʻzbekistonning xususiy va davlat muassasalari oʻrtasida tajriba almashish